Samarqandda itni mashinaga bog‘lab, sudragan shaxslar jazolandi (video)
3-sahifa
−
06 avgust
7748Samarqand viloyatida itni mashinaga bog‘lab, sudragan shaxslar jazolandi. Bu haqda viloyat ekologiya boshqarmasi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ikki nafar erkak itni bo‘ynidan zanjir bilan mashinaga bog‘lab, sudragani tasvirlangan.
Bildirilishicha, aybdorlar topilgan va ularga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish)ga asosan javobgarlik belgilangan.
Ma’lumot uchun, 111-moddada nazarda tutilgan qoidabuzarlikni sodir etgan fuqarolar bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan bo‘lsa yoki hayvonlarning o‘limiga yoxud mayib bo‘lishiga olib kelsa, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
LiveBarchasi