Samarqandda itni bosib ketgan ayol jarimaga tortildi
3-sahifa
−
25 Sentabr
4389Samarqand viloyatida yo‘lda yotgan itni avtomashinasida qasddan bosib ketgan ayol jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Jahongir Sagdullayev xabar berdi.
Bildirilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Damas rusumli avtomashina haydovchisi yo‘lda yotgan itni ataylab bosib o‘tgani aks etgan video tarqalgan va bu keskin noroziliklarga sabab bo‘lgan. Ichki ishlar xodimlari tomonidan mazkur shaxsning kimligi aniqlangan va unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarida, ya’ni 340 ming so‘m jarima jazosi qo‘llanilgan.
“Itni qasddan bosib ketgan Damas haydovchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasida (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun chora ko‘rildi”, deydi Jahongir Sagdullayev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda itni mashinaga bog‘lab, sudragan shaxslar jazolangandi.