Samarqandda ikki o‘qituvchi tanishini o‘ldirdi

Jamiyat

image

Kecha, 24 oktyabr kuni Samarqand viloyatida 36 va 35 yoshli pedagog-o‘qituvchilar qotillikka qo‘l urdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

24 oktyabr kuni Samarqand viloyati, Payariq tumani, “Nakurt” mahallasida o‘qituvchilar Aziz S. (1983 y.t.) va Xamid B. (1984 y.t.) tanishi veterenariya bo‘limi xodimi Umid S. (1984 y.t.) bilan o‘zaro kelishmovchilik tufayli jajallashib, tanasining turli joylariga urib, qasddan o‘ldirgan. So‘ng, marhumni o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomashinasi ichiga o‘tkazib, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani prokuraturasi tomonidan Aziz S. va Xamid B.larga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “p” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Samarqand o'qituvchi

Baholaganlar

153

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing