Samarqandda gaz yo‘qligi sabab katta yo‘lni to‘sib qo‘ygan ayollar qamaldi 

3-sahifa

image

Samarqandda 13 nafar fuqaro xonadonida tabiiy gaz yo‘qligidan norozi bo‘lib, yo‘lning qatnov qismiga chiqib, to‘sib qo‘ydi. Ularning ikki nafariga qamoq jazosi, 11 nafariga esa jarima jazosi tayinlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda

Qayd etilishicha, joriy yilning 26 sentyabr kuni soat 12:10 da Samarqand tumani Yangiariq-1 MFY Chungul ko‘chasida yashovchi 13 nafar fuqaro xonadonida tabiiy gaz yo‘qligiga norozilik bildirib, Samarqand “M-37a avtomobil halqa yo‘li”ning 8-9 kilometrida yo‘lning qatnov qismiga chiqib, to‘sib qo‘ygan. 

Ma’lum qilinishicha, ular yashaydigan mahalla 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tabiiy gaz tarmog‘idan uzilib, suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlanishi yo‘lga qo‘yilgan.

Oxirgi marotaba mahallaga 29 iyul kuni suyultirilgan gaz ballonlari tarqatilgan. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tumani sudining 27 sentyabr kunidagi qarori bilan 13 nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 201-moddasi (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish)da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Huquqbuzarlarning ikki nafariga besh sutkadan ma’muriy qamoq jazosi, qolgan 11 nafariga esa jarima jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

gaz qamoq

Baholaganlar

447

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing