Samarqandda fuqaroni $40 ming evaziga AQSHga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
25 aprel 2022
7096Samarqandda O‘zbekiston fuqarolarini aldov yo‘li bilan Turkiya va Lotin Amerikasi davlatlari orqali AQSHga noqonuniy yuborish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand tumanida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan X.D. AQSHda istiqomat qiluvchi jinoiy sherigi 1978 yilda tug‘ilgan X.J. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirgan. Natijada X.D. mahalliy fuqaroni 40 ming dollar evaziga, aylanma yo‘llari orqali AQSHga yuborishni va’da qilib, oldindan kelishilgan mablag‘ning 5 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xabarga ko‘ra, hozirda mazkur shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi