Samarqandda erkak aliment sabab ayolini pichoqlab o‘ldirdi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Samarqand tumanida erkak 27 yoshli turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda  viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 27 may kuni soat 05:00 da viloyat IIBga Samarqand tumani “Urganja” mahallasida yashovchi fuqaro qo‘ng‘iroq qilib, qo‘shnisining uyida oilaviy janjal bo‘layotgani haqida xabar bergan.

Aniqlanishicha, er-xotin aliment masalasi bo‘yicha oldindan mavjud bo‘lgan kelishmovchiliklari oqibatida o‘zaro janjallashib qolgan. 

Buning oqibatida erkak 27 yoshli turmush o‘rtog‘ini oshxona pichog‘i bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaning davolanish bo‘limiga joylashtirilgan, biroq ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan, vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

309

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing