Samarqandda Damas urib yuborgan o‘quvchi vafot etdi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida Damas haydovchisi o‘quvchi bolani urib ketdi, oqibatda jabrlanuvchi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot kotibi ma’lum qildi.

Yo‘l-transport hodisasi joriy yilning 24 may kuni Pastdarg‘om tumani “Samarqand” MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda yuz bergan. Haydovchi B.B. boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtomobilida 2013 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan piyoda T.J.ni yo‘lni kesib o‘tayotgan vaqtida urib yuborgan.

YTH oqibatidavoyaga yetmagan T.J. tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.  Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay bemor vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing