Samarqandda bir yoshga ham to‘lmagan o‘g‘lini o‘ldirgan ota uzoq muddatga qamaldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Samarqandda shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i bilan janjal sabab bir yoshga ham to‘lmagan farzandini o‘ldirgan ota uzoq muddatga qamaldi. Bu haqda “Yangi Davr” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahrida erkak va uning shar’iy nikohidagi xotini ijarada yashashgan.

Qotillik bo‘lgan kuni ayol va sudlanuvchi erkak o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Ayol erining aytganini qilmagani uchun sudlanuvchi uning qo‘lidagi 1 yoshga to‘lmagan bolani olib, uning boshi bilan yerga bir necha marta urgan.

Natijada, go‘dak voqea joyida vafot etgan. Sudlanuvchi esa jinoyat joyidan qochib ketgan.

Sud zalida sudlanuvchi iqror bo‘lmagan va o‘ziga qo‘yilayotgan barcha ayblarni rad qildi. Guvohlar esa bo‘lgan voqeani aytib bergan. Guvohlar va jabrlanuvchi deb topilgan shaxslarning ko‘rsatmalari bir xil chiqqan. Tergov davomida sudlanuvchi bu ishni qanday qilganini ham so‘zlab bergan.

Mazkur jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilib, erkakka Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan 2-qismining "v, j" bandlari bilan 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

1261

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made