Samarqandda bir oiladan 2 kishining murdasi chiqdi. Sabab nima?

3-sahifa

image

Samarqandda bir oilaning ikki nafar a’zosi noma’lum etiologikdan zaharlanish sabab vafot etdi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lumot berdi.

Joriy yilning 30 noyabr kuni soat 09:00 da Kattaqo‘rg‘on tumani “Qorako‘lcha” mahallasida yashovchi fuqaro Q.X. va uning voyaga yetmagan qizining murdasi yashash uyidan topilgan. Ularning murdasi tashqi ko‘rinishidan tan jarohatlarisiz ekani aniqlangan.

Sud-tibbiy ekspertizaga ko‘ra, marhumlarning o‘limiga “noma’lum etiologikdan zaharlanish” sabab bo‘lgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

869

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing