Samarqandda bir erkak va bolali ayolga qo‘l ko‘targan IIO xodimi ishdan olindi (video)

3-sahifa

image

Samarqand shahrida fuqarolarga nisbatan amaldagi qonunchilikka zid ravishda jismoniy kuch ishlatgan ichki ishlar organi xodimi tizimdan bo‘shatildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot kotibi Jaxongir Sagdullayev ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 9 iyun kuni jamoat  tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida tungi xizmatga jalb qilingan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB profilaktika inspektori S.E soat 22:00 larda Dahbet ko‘chasidagi avtomobil yo‘lining qatnov qismida fuqarolar janjal qilayotganligini ko‘rib, ularni 6-son IIBga olib borgan. Ularning sodir etgan qilmishini rasmiylashtirishi davomida, profilaktika inspektori  va ushbu shaxslar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda profilaktika inspektori ikki nafar fuqaroga nisbatan (ulardan biri ayol) qo‘l ko‘targanini ko‘rish mumkin.

Bildirilishicha, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, profilaktika inspektori S.E ichki ishlar organlari safidan bo‘shatilgan. Shuningdek, to‘plangan hujjatlar ishtirokchilarning harakatlariga huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand erkak IIO

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing