Samarqandda behayo raqs tushgan qizlar OITSga tekshirilgani rad etildi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Samarqand tumani “Vavilon” cho‘milish havzasining ochilish marosimidagi tadbirda behayo o‘yinlar ko‘rsatgan raqqosalar teri-tanosil kasalliklari ko‘rigidan o‘tkazilib, OITS va OIVga tekshirish uchun qon tahlillari olinmagani aytildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ma’lum qildi.

Mazkur holat IIV tomonidan o‘rganilganda ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 16 iyun kuni Samarqand tumani “Yangiariq” mahallasida joylashgan “Vavilon” cho‘milish havzasining ochilish marosimi tashkilotchilari Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 iyuldagi 205-sonli “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablarini inobatga olmagan holda 2000 dan ziyod fuqaro uchun ommaviy ko‘ngilochar marosimni tashkil etgan.

Ushbu kelishilmagan jamoat tadbiri turli tartib buzilishlarga olib kelishi mumkinligini inobatga olgan holda mazkur holat Samarqand viloyati IIB tomonidan o‘rganilib, tadbir tashkilotchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, kelgusida xavfsizlik choralari ko‘rilishi zarurati haqida qat’iy ogohlantirilgan.

Shuningdek, xabarda aks etgan tadbirda ishtirok etgan ayollarga nisbatan teri-tanosil kasalliklari ko‘rigidan o‘tkazilganligi va OITS/OIVga tekshirish uchun qon tahlillari olingani to‘g‘risidagi ma’lumot, viloyat IIB matbuot kotibi J.Sagdullayev tomonidan shoshmashosharlik bilan vaziyatni to‘liq o‘rganmagan holda tayyorlangani aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, tadbir ishtirokchilarining, shu jumladan ayollarning hech biri tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmagan va ularga nisbatan huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilmagan.

Hozirda Ichki ishlar vazirligi tomonidan viloyat IIB xodimlarining harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati viloyatdagi basseynning ochilish marosimida turli xildagi qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan yuridik hamda jismonioy shaxslar ushlanganini va unda behayo o‘yinlar ko‘rsatgan raqqosalar teri-tanosil kasalliklari ko‘rigidan o‘tkazilib, OITS va OIVga tekshirish uchun qon tahlillari olinib, ular bilan tushuntirish ishlari olib borilganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand OITS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing