Samarqandda bank yuristi pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Samarqandda bank yuristi 1950 AQSH dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Samarqand viloyatdagi banklarning birida bo‘lim yuristi bo‘lib ishlovchi T.Sh. bank bilan mijozlar o‘rtasidagi muammoli vaziyatda ishni fuqarolar foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga ulardan katta miqdordagi pul mablag‘larini olib kelgan.

T.Sh. mahalliy fuqaroning kredit masalalari bo‘yicha davlat boji va sud ishini hal qilib berish evaziga 3000 AQSH dollarini pora sifatida talab qilgan. U oldindan 1050 dollarini olgan hamda tezkor tadbir chog‘ida qolgan 1950 dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

220

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing