Samarqandda bank hodimi mijozining kreditini o‘mardi

3-sahifa

image

Samarqandda fuqaroning kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan bank xodimi aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tijorat banki mutaxassisi X.T. 50 mln so‘m kredit mablag‘i ajratishni so‘rab murojaat qilgan fuqaro J.Sh.ning ishonchiga kirgan va unga 17 mln so‘m kredit mablag‘i ajratib berishini aytib, J.Sh.ning nomiga ochilgan bank plastik kartasiga 50 mln so‘m kredit mablag‘ini tushirib bergan. So‘ng unga bank tomonidan 17 mln so‘m kredit mablag‘i ajratilganligini aytib, 33 mln so‘mini naqdlashtirib o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Tekshiruvda 33 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilyotgani aytiladi axborotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida kadastr bo‘limi boshlig‘i fuqarodan 3 000 AQSH dollari pora olgani uchun qo‘lga olingandi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Samarqand kredit bank hodimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing