Samarqandda ayol va uning ikki farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 28 oktyabridan 29 oktyabriga o‘tar kechasi Samarqand viloyati Urgut tumanida ayol va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 29 oktyabr kuni 38 yoshli kelini N. Ochilova va 3 nafar nabirasining holidan xabar olish maqsadida kelgan T. Xalimova ularning uyda hushsiz holda yotganini ko‘rgan. Shundan so‘ng, qo‘shnisining mashinasida kelini va nabiralarini “Mo‘minobod” QVPga olib borgan. 

Shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan ko‘rikka ko‘ra, T. Xalimovaning kelini va 2 nafar voyaga yetmagan nabiralari (11 yoshli qiz va 5 yoshli o‘g‘il nabirasi) “noma’lum etiologik zaharlanish”dan zaharlanib vafot etgan. 1 nafar voyaga yetmagan (9 yoshli o‘g‘il) nabirasi og‘ir ahvolda tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 oktyabrdan 25 oktyabrgacha Samarqand viloyatida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq 4 ta hodisa sodir bo‘lgan va ularda 8 nafar fuqaro vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

89

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing