Samarqandda ayol va uning 16 yoshli qizi o‘zini osib qo‘ydi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida eri va qaynonasining tazyiqlari tufayli ayol va uning 16 yoshli qizi o‘z joniga qasd qildi. Oqibatda ularning ikkalasi ham vafot etgan. Bu haqda “Zamon” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Aniqlanishicha, Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi ayol faqat qiz farzandlar ko‘rgani uchun qaynonasi va eri tomonidan yillar davomida tahqirlangan. Bundan mahalla raisi va boshqa mutasaddilarning ham xabari bo‘lgan.

2020 yil noyabr oyida bu oilada yana janjal yuz bergan. Er turmush o‘rtog‘ini yaqin qarindoshlariga tegishli do‘kondan turli narsalarni qaynonasi nomiga qarz olishda ayblagan va tanasining turli joylariga elektr kabeli, qo‘l hamda oyoqlari bilan urib jarohat yetkazgan. Bundan tashqari, 2020 yil dekabr oyida qaynona o‘z kelini bo‘lgan ayolni urib, yuziga qaynoq suv sepib yuborgan.

Oilaning 16 yoshli to‘ng‘ich qizi oiladagi notinchliklar va onasiga qilingan tazyiqlarga chidolmay, yashash uyi og‘ilxonasida arqon bilan o‘zini osgan. Oradan 2 soat o‘tib, ayol ham qizi osgan joyda o‘z joniga qasd qilgan va ular vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, garchi ayolga himoya orderi berilgan bo‘lsa ham ichki ishlar organi xodimlari kuzatuvga olmagan. Oila yetarlicha darajada nazorat qilinmagan. Shuningdek, o‘z joniga qasd qilgan qiz o‘qigan maktab direktori, mahalla raisi ham holatga befarq qaragan.

Mazkur hodisa bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida er Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 7 yil ozodlikdan mahrum etildi. Qaynonaga esa 4 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand suitsid

Baholaganlar

1630

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing