Samarqandda ayol dars paytida 1-sinf o‘quvchisini kaltakladi

3-sahifa

image

Samarqandda ayol 1-sinfda o‘qiydigan o‘g‘lining sinfdoshini kaltakladi. Voqea aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

Aniqlanishicha, voqea joriy yilning 3 aprel kuni Qo‘shrabot tumanida joylashgan 53-umumta’lim maktabi hududida boshlangan. Dastlab, 1-sinf o‘quvchilari maktabda dars mashg‘ulotlari tugagach, uylariga ketayotgan vaqtida o‘zaro janjallashib qolgani tufayli 6 aprel kuni o‘quvchi E.H.ning onasi M.Y. maktabga kelib, sinfda, o‘quvchilar oldida janjal ko‘tarib, o‘g‘li bilan urishgan O.H. va S.R.ni ta’qib etib, urgan va haqorat qilgan. 

Bolalar ombudsmani tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, hozirda ushbu holat yuzasidan Qo‘shrabot tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Qayd etish joiz, maktabdagi ta’lim jarayoniga tashqaridan hech bir shaxslarning kirib borishi, o‘quvchilar jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi harakatlar qilishi qat’iyan taqiqlangan. Ta’lim muassasasida mas’ullar o‘quvchi bolalar uchun xavfli bu kabi nomaqbul vaziyatlarga yo‘l qo‘yishi mumkin emas. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida 11-sinf o‘quvchisi qiz bola sinfdoshini kaltaklagandi. Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand o'quvchi 1-sinf

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing