Samarqandda ariq chetidan 3 yashar bolaning murdasi topildi
3-sahifa
−
03 aprel 2023
11683Bugun, 3 aprel kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi ariq chetidan 3 yashar bolaning murdasi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, soat taxminan 11:00 da Urgut tumani “Istiqlol” MFY Dehqonobod ko‘chasi 48-uy yonidan oqib o‘tuvchi ariq sel natijasida toshib ketib, Urgut tumani "Guliston" mahallasida ota-onasi qaramog‘ida yashagan, voyaga yetmagan, 2020 yilning 18 martida tug‘ilgan Abdulloh Azizbek o‘g‘li Ablayorovning murdasi ariq chetiga chiqarib yuborgan holatda topilgan.
Ayni vaqtda bolaning o‘limi sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi