Samarqandda Angliyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Nurobod tumanida fuqaroni Angliya davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Nurobod tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro E.X. go‘yoki Angliya davlatidagi firmada ishlovchi tanishlari yordamida 5 nafar fuqaroni ushbu davlatga ishga yuborishini va’da qilib, ularning jami 10 400 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida fuqarolarni Yevropa davlatlariga ishga yuborishni va’da qilgan MCHJ rahbari ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand firibgar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing