Samarqandda Afg‘onistondan olib kirilgan katta miqdordagi narkotik ushlandi (video)
3-sahifa
−
17 iyun 2523 1 daqiqa
Afg‘onistondan O‘zbekiston hududiga olib kirilgan 25 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Afg‘onistondan 25 kilogramm 444 gramm “opiy” va 11 kilogramm 86 gramm “gashish” moddalari mamlakatga kontrabanda qilingani aniqlanib, ushbu moddaning buyurtmachilarini qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilgan.
Kuzatuv davomida nazorat ostida Samarqand shahriga yetkazilgan giyohvandlik vositalarini qabul qilib olgan vaqtlarida 1989 va 1997 yillarda tug‘ilgan 2 nafar mahalliy fuqaro hamda 1993 va 1995 yillarda tug‘ilgan 2 nafar xorijlik fuqaro ushlangan.
Hozirda holat bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi va 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent hamda Samarqand viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilingandi.
Live
Barchasi