Samarqandda 999,9 probali sof oltinni sotayotgan shaxslar ushlandi
3-sahifa
−
29 Oktabr 2022
12166Samarqand viloyatida 999,9 probali sof oltinni salkam 300 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar D.E. va B.R. noqonuniy daromad orttirish maqsadida Samarqand viloyati, Paxtachi tumani, “Sultonobod” MFY hududida fuqaro B.ga og‘irligi 474,75 gramm bo‘lgan 1 dona oltinga o‘xshash sariq rangli quyma metallni 287,3 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 1 dona sariq rangli metallning 469,52 grammi 999,9 probali sof oltin ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi