Samarqandda 7 yoshli bola YTH qurboni bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida Nexia-2 avtomobili 7 yoshli bolani urib yuborishi oqibatida piyoda vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Jahongir Sagdullayev rasmiy ma’lumot berdi.
 

Qayd etilishicha, yo‘l transport hodisasi shu yilning 3 iyul kuni soat 18:00 atrofida Samarqand tumani “Jo‘yi soy” MFY hududidan o‘tgan Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasida sodir bo‘lgan. Nexia-2 haydovchisi shu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelib, yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘ng tomondan chap tomonga yugurib o‘tayotgan, 2017 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan. Bola zudlik bilan Samarqand shahar markaziy shifoxonasiga olib kelingan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan piyoda shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1 iyul kuni soat 19:20 atrofida Navoiy viloyati Xatirchi tumanida 8 yoshli qiz yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Nexia-2 bola

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing