Samarqandda 7 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan portlash ortidan gaz idorasi xodimlari qamaldi

Olam

image

Samarqand viloyatining Samanqand shahrida bir oilaning 7 a’zosini halok qilgan portlash ishi ortidan gaz idorasi rahbari va uning 3 nafar xodimi 7 yilga qamaldi. Bu haqda “Zamon” xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, uyda portlash sodir bo‘lgunga qadar xonadon a’zolari gaz hidi sizib chiqishidan bezovta bo‘lib, idoraga qayta va qayta – 11 marotaba murojaat qilgan. Biroq idoraning mas’ul xodimlari ushbu murojaatga beparvolik bilan yondashgan va portlash sodir bo‘lgunga qadar hech qanday chora ko‘rilmagan. 

Sud hujjatlarida ta’kidlanishicha, 2024 yilning sentyabr-oktyabr oylarida Spitamen shohko‘chasi va 160-uy atrofidagi xonadonlarni gazlashtirish ishlari loyiha va texnik shartlarsiz amalga oshirilgan. Yollanma ustalar yordamida noqonuniy tarzda avtomobil yo‘li ostiga gaz quvuri yotqizilgan. Quvur tegishli xulosalarsiz va xavfsizlik qoplamasisiz yer ostiga tushirilgani hamda tarmoqqa noqonuniy ulangani aniqlangan. Quvurda 7 ta teshik paydo bo‘lib, tabiiy gaz markaziy oqova qudug‘iga sizib chiqqan. 

Dahshatli portlash ortidan “Hududgaz Samarqand” ta’minoti filiali Samarqand shahar bo‘limi rahbari va 3 xodimi Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi “a, b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Ularga 3 yil davlat ishtirokidagi korxonalar va tashkilotlarda mansabdorlik hamda moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Qolaversa, portlashdan zarar ko‘rgan fuqarolar foydasiga gaz ta’minoti korxonasidan qariyb 6 mlrd so‘m undirish belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu voqea joriy yilning 9 may kuniga o‘tar kechasi Samarqand shahar, “Bog‘isaroy” MFY, Spitamen ko‘chasida joylashgan uylarning birida sodir bo‘lgandi. Chaqnash oqibatida hosil bo‘lgan kinetik zarbadan uyning temir-beton konstruksiyalari qulab tushgan. Uyning 1,2,3-chi qavatlari va yerto‘la qismi zararlangan. Yong‘in sodir bo‘lmagan. Vayronalar tagidan jasadlar olib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samanqand Hududgaz Samarqand Spitamen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar