Samarqandda 4 kishining is gazidan o‘lishi ortidan jinoyat ishi ochildi
3-sahifa
−
30 mart 2021
3845Avvalroq, Samarqandda to‘rt kishi is gazidan zaharlanib vafot etgani, yana bir kishi kuchli zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik. Samarqand viloyati prokuraturasi holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, joriy yil 28 mart kuni soat taxminan 11:00 larda Samarqand shahri M.Shayxzoda MFY, Laxutiy ko‘chasi 31-uyda vaqtincha yashovchi 5 nafar fuqarolar xonadonda o‘rnatilgan isitish pechi (golland pechi) dan is gazi ajralib chiqishi natijasida zaharlanib, 4 nafar fuqaro vafot etib, 1 nafari esa kuchli zaharlanish alomatlari bilan RSHTTYOIAM Samarqand filialiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari shahar IIB TB tomonidan olib borilmoqda.
Bundan tashqari, marhumlar ishlagan uyining egasi F.X. ichki ishlar organ xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganligi hamda xodimlarning o‘z xizmat burchini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatilganligi holati yuzasidan F.X.ga nisbatan tegishli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2021 yil 29 mart kungi qarori bilan F.X.ga MJtKning 194-moddasi va 195-moddasi bilan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
LiveBarchasi