Samarqandda 32 yoshli ayol o‘zini yoqib yubordi

3-sahifa

image

Samarqandda 1991 yilda tug‘ilgan ayol ustiga suyultirilgan gaz kondensatini sepib, o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Joriy yilning 1 yanvar kuni soat taxminan 09:30 larda Payariq tumani, “Madaniyat” MFYda yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan ayol uyida ustiga suyultirilgan gaz kondensatini sepgan va olov yoqib, o‘z joniga qasd qilgan. Ma’lum qilinishicha, ayol ruhiyatida o‘zgarishlar bo‘lgan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ayolning o‘limi murda tanasining 100 foiz termik kuyishi oqibatida yuzaga kelgani ko‘rsatilgan.

Mazkur holatda o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish jinoyati alomatlari mavjudligi hamda bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan turib qonuniy to‘xtamga kelish imkoniyati yo‘qligini inobatga olib, Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand joniga qasd qilish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing