Samarqandda 3 ta yonma-yon uyda yong‘in sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
06 dekabr 2021 8170 1 daqiqa
Bugun, 6 dekabr Samarqand tumani “Qoziqo‘rg‘on” MFYda uchta yonma-yon xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Tuman FVBga soat 7:30 da “Qoziqo‘rg‘on” MFYda joylashgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Mazkur xabarga asosan voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 07:42 da yetib borib, yong‘in 08:08 da qurshab olingan va soat 08:58 da bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida 3 ta uyning jami 170 kv.m. maydonida tom, shift va uy jihozlari yonib zararlangan.
Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr