Samarqandda 3 farzandining qotili bo‘lgan ota umrbodga qamaldi

3-sahifa

image

Avvalroq Samarqandda ota o‘zining uch nafar farzandini o‘ldirgani haqida xabar bergan edik. Otaga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalida ma’lum qilindi.

Gap shundaki, joriy yilning 16 iyun kuni soat 19:30 lar atrofida Samarqand shahrida 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro A.D. Isroilda ishlayotgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali janjallashib qolgan. Erkak kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida turmush o‘rtog‘idan o‘ch olish maqsadida voyaga yetmagan 3 nafar farzandini oshxona pichog‘i bilan tanalarining turli joylariga qasddan urib, o‘ldirgan.

Shundan so‘ng, erkak pichoq bilan o‘ziga ham tan jarohati yetkazgan. Bu haqdagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar, ya’ni erkak o‘sha vaqtda giyohvand moddalar ta’sirida bo‘lgani haqida taxminlar tergovda o‘z tasdig‘ini topmadi.

Holat yuzasidan fuqaro A.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

“Ayolim boshqa sen bilan yashamayman. Mening erim bor, hayotim bor, dedi. Katta qizcham qo‘limda jon berdi. Ko‘rib, qo‘rqib ketdim. Yig‘ladim, dodladim, keyin o‘zimni pichoqladim. Shu bilan hushimdan ketdim. O‘zimga kelsam shifoxonada ekanman”, deydi o‘z farzandlarining qotiliga aylangan ota.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “j” bandlari bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing