Samarqandda 27 yoshli yigit rashk sababli odam o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image

Samarqandda yarim tunda qaynotasining uyida begona erkakni ko‘rib qolgan yigit uni o‘ldirib, hovlisiga ko‘mgan. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturida xabar qilindi.

Gumonlanuvchi A. ismli fuqaro qaynotasining uyida yashab kelayotgan ayolini olib ketish uchun borgan. Darvoza ichkarisidan ayolining begona erkak bilan o‘ta shaxsiy masalada gaplashayotganiga guvoh bo‘lgan. 

Bu holdan g‘azabga tushgan fuqaro devor oldida turgan o‘tkir tig‘li jism (otvyorka) bilan B.ning peshona qismiga va oshxona pichog‘i bilan tanasining boshqa bir necha qismlariga urib, qasddan o‘ldirgan.

“Avval ham bunga o‘xshash holat bo‘lgan edi. Bu odamni uyimda ko‘rganimda, uni telefonimga videoga olib, oilamni tinch qo‘yishi haqida ogohlantirgandim. Ikkinchi bor bu hol takrorlangach, chidab turolmadim va u bilan urishib ketdim va o‘ldirib qo‘ydim”, deydi 27 yoshli 3 farzandning otasi bo‘lgan gumonlanuvchi. 

A. marhumning murdasini poliyetilen paketga o‘rab, Labo rusumli boshqaruvidagi mashinaga ortgan va o‘zining yashash xonadoniga olib borgan. Ekin maydoni hovlisida bir metr chuqurlikda yerni qazib, jinoyatini yashirish maqsadida uni ko‘mgan. 

Hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, surishtiruv-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

tergov odam o'ldirib qo'ydi qasddan o'ldirgan

Baholaganlar

311

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing