Samarqandda 20 yoshli yigit do‘stini pichoqlab o‘ldirdi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 20 yoshli yigit bolalikdagi kelishmovchilik sababli do‘stini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi yigit Rossiyada ishlab kelgandan so‘ng hech qanday kasb-hunar bilan shug‘ullanmagan. Shu orada hamqishloq do‘stidan bolalikdagi ziddiyat tufayli qasd olishga qaror qilib, uni o‘ldirish niyatida bo‘lib yurgan.

Hodisa sodir bo‘lgan kuni ayblanuvchi uyidan yog‘och va oshxona pichog‘ini olib, do‘sti yashaydigan ko‘chaga borgan. Do‘sti mazkur ko‘chadan o‘tayotgan paytda orqadan hujum qilib, unga tashlangan. Qattiq zarbalar bilan do‘stini kaltaklagan va pichoqlagan. Olgan tan jarohatlari oqibatida yigit voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan ayblanuvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uning ishi sudda ko‘rib chiqilgan. Sudlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing