Samarqandda 2 ta yengil avtomobil va traktor tirkamasi bilan YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 3 oktyabr kuni Samarqand viloyatida Tracker, Nexia-2 hamda traktor tirkamasi bilan YTH sodir bo‘lishi oqibatida haydovchi jarohatlandi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 21:00 da Payariq tumani “Tomoyrot” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-48 avtomobil yo‘lining 25-kilometrida Tracker, Nexia-2 hamda traktor tirkamasi bilan YTH sodir bo‘lgan.

Oqibatda Nexia-2 rusumli transport vositasi haydovchisi tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

“Holat yuzasidan Payariq tumani IIB JXX YHXG tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda yuk mashinasi 7 ta avtomobilni sudrab ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar