Samarqandda 19 yoshli qiz zo‘rlanishi bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi haqida ma’lumot berildi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi tekstil korxonalarining birida ishlagan 19 yoshli qiz ish vaqtida zo‘rlangani haqida xabar bergan edik.

Fuqaro M.B.ning F.A. o‘zining Spark avtomashinasida uni qo‘llarini bog‘lab, majburlab nomusiga tekkanligi to‘g‘risidagi murojaati yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra 12 iyunda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Mazkur jinoyat ishi yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, bugun, 23 iyun kuni viloyat prokurori Ravshan Masharipov va senator Farmon Toshev boshligida, viloyat prokuraturasi va IIB rahbarlarining sohaviy o‘rinbosarlari, tarmoq rahbarlari, IIB tergovchilari, jabrlanuvchi, ayblanuvchi, ularning vakillari va himoyachilari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida muhokama qilingan.

Muhokama jarayonida, viloyat prokurori jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari malakali o‘tkazilmaganligini, muqaddam shunga o‘xshash holatlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hanuzgacha takrorlanib kelayotgani, aybdor aniq bo‘lsa-da, holat ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgandan so‘ng ayblanuvchiga nisbatan 21 iyun kuni ehtiyot chorasi tanlanganligi ta’kidlangan.

Viloyat prokurori tomonidan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini davom ettirish prokuratura organlari tergovchilariga topshirilib, shahar IIB xodimlarining harakatlari bo‘yicha Ichki ishlar vaziri nomiga xizmat tekshiruvi tayinlangan va ish prokurorning shaxsiy nazoratiga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand nomusga tegish

Baholaganlar

593

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made