Samarqandda 18 ta kollej texnikumga aylantiriladi
Jamiyat
−
28 Sentabr 2019
9356O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yilning 6 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish belgilandi.
Ya’ni, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg‘unlashgan yangi boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari asosidagi ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etiladi.
Jumladan, Samarqand viloyatidagi jami 37 ta kasb-hunar kolleji boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalariga, 18 ta kollej oliy ta’lim muassasalari huzuridagi texnikumlarga aylantiriladi.