Samarqandda 17 yoshli bola pochchasi tomonidan do‘pposlandi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Urgut tumanida o‘smir bola do‘konda kaltaklangani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 16 aprel kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan oziq-ovqat do‘konida fuqaro Q.F. oilaviy masala tufayli turmush o‘rtog‘ining voyaga yetmagan 2008 yilda tug‘ilgan ukasini N.S. kaltaklab, unga tan jarohati yetkazgan. Hozirda holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.

Bildirilishicha, mazkur holat bo‘yicha tuman IIB tomonidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Yetkazilgan tan jarohati darajasini aniqlash yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. O‘rganish natijasiga ko‘ra qo‘llangan huquqiy choralar yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida o‘z pochchasini pichoqlab o‘ldirgan 18 yoshli yigit 7 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi. Sud majlisida yigit pochchasi unga va oilasiga doimiy ravishda tazyiq o‘tkazib kelganini aytgan  va aybiga qisman iqror bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Urgut pochcha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing