Samarqandda 1,2 mlrd so‘mlik “svet” o‘marildi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq ikki holat fosh etildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura shtabi tomonidan Samarqand viloyatining Narpay tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “X.B.” yakka tartibdagi tadbirkorga qarashli noturar bino elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan holda 433 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shuningdek, shunga o‘xshash holat Samarqand shahrida fuqaro B.Sh.ga qarashli noturar binoda ham qayd etilgan. Ushbu qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 769 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida qariyb 3 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing