Samarqandda ham 5 kishi spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida 13 kishi qo‘lbola usulda tayyorlangan spirtlik ichimlikdan zaharlanib vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.

Dastlabki ma’lumotga kura, vafot etganlar 5 kishi bo‘lib, ularning hammasi joriy yilning 11 yanvar kuni Samarqand shahrida olamdan o‘tgan. Ma’lum qilinishicha, ulardan A.M., J.B., V.B., O.T. o‘z yashash xonadonida, A.U. esa ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. Ularning aksariyati spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar bo‘lgan.

Marhumlarning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot hamda kimyoviy ekspertizalar tayinlangan. Mazkur ish yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.

Qo‘lbola usulda yasalgan spirtli ichimlik mahsulotlarini sotgan shaxsga nisbatan esa Jinoyat kodeksining 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida 5 kishi spirtlik ichimlikdan zaharlanib vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing