Samarqand yo‘llarida 5 kunda 2 600 qoidabuzarlik aniqlandi
Jamiyat
−
22 avgust 2019
3280Samarqand shahri hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l–transport hodisalari sodir etilishining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari va profilaktika tadbirlarini yanada kuchaytirish maqsadida 2019 yilning 15-19 avgust kunlari Samarqand shahri va Samarqand tumani hududlarida “Avtopatrul” reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Samarqand viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, besh kun davomida 2627 ta qoidabuzarlik qayd etildi.
Ushbu qoidabuzarliklarning 425 tasi yo‘l belgilariga amal qilmaslik, 386 ta odam tashish qoidasini buzish, 233 tasi transport vositalarini tegishli hujjatlarsiz va transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmay boshqarish, 358 tasi svetofor va chorrahadan o‘tish qoidalariga rioya etmaslik bilan bog‘liq bo‘ldi.
Yaqinda transport vositalari oynalarini qoraytirishga oid qarorga o‘zgartirish kiritilib, haydovchilarga qulayliklar yaratilgan bo‘lsa-da ayrim shaxslar bu imkoniyatdan foydalanmay, 19 holatda tegishli ruxsatnoma olmay avtomobil oynalari tusini o‘zgartirganligi aniqlandi. Shuningdek, 84 haydovchi transport vositasini boshqarish chog‘ida telefondan foydalangani uchun jarima to‘laydigan bo‘ldi.
Ayniqlangan qoidabuzarliklar natijasida 360 ta transport vositasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga qo‘yildi.
LiveBarchasi