Samarqand yana bir anjumanga mezbonlik qilmoqchi
Jamiyat
−
02 fevral 2023
9573Joriy yilning 16-18 may kunlari Samarqand shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining yillik anjumani bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov ma’lum qildi.
Vazir Nazarbekovning aytishicha, u bugun, 2 fuvrvl kuni nufuzli deb aytilayotgan ushbu xalqaro tadbirga tayyorgarlikning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘zbekistonga kelgan YeTTB Bosh kotibi Kazuxiko Koguchi bilan uchrashgan.
“Prezidentimiz tashabbusi bilan bir qancha xalqaro anjumanlarga mezbonlik qilgan qadimiy va navqiron Samarqandda ushbu tadbirni o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik memorandumi ham imzolanadi”, degan vazir.
Ta’kidlanishicha, YeTTBning yillik anjumaniga butun dunyodan 73 ta bank boshqaruvchilari, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda turli kompaniyalar vakillaridan iborat 2 mingga yaqin mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda.
“Bu O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish barobarida, mamlakatimiz turizm salohiyatini yana bir bor keng namoyish etish imkoniyatini yaratadi.
Shuningdek, bo‘lajak nufuzli tadbirga tashrif buyuradigan xorijlik mehmonlar yurtimiz nomoddiy madaniy merosining eng sara namunalari, jozibador turizm salohiyati, gastronomiyasi, hunarmandchiligi va folklor san’ati bilan yaqindan tanishadilar”, deya qo‘shimcha qilgan vazir.
Kazuxiko esv buning uchun mazkur anjumanni jahon miqyosida keng targ‘ib qilish maqsadida YeTTB veb-saytida alohida sahifa ochishga va’da bergan.
“O‘ylaymizki, xalqaro tadbir doirasida muhokama qilinadigan barcha masalalar hamkorlikni mustahkamlash, jonajon Vatanimizning iqtisodiy salohiyatini oshirish va jahondagi imijini yana-da yuksaltirishga xizmat qiladi”, deya umid qilmoqda Ozodbek Nazarbekov.
LiveBarchasi