Samarqand viloyatiga hokim tayinlandi
Jamiyat
−
28 noyabr
35479Adiz Muzaffarovich Boboyev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni qabul qilindi.
Boboyev joriy yil boshidan beri Hisob palatasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Adiz Boboyev 1972 yilda tug‘ilgan. U Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Buxoro viloyati moliya boshqarmasida 1-toifali iqtisodchi, monopoliyaga qarshi va narx siyosati bo‘limi yetakchi iqtisodchisi bo‘lib, shuningdek, boshqa lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi Ijroiya boshqarmasi daromadlarni prognozlash boshqarmasi boshlig‘i, Davlat byudjeti bosh boshqarmasining jamlanma byudjet daromadlarini rejalashtirish va tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va Moliya vazirligi tuzilmasidagi boshqa lavozimlarda ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq 2018 yildan beri Samarqand viloyati hokimi sifatida ishlab kelayotgan Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgandi.
LiveBarchasi