Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
17 mart 2022
8004Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Oybek Alibekovich Mirzabekov tayinlandi.
Bungacha viloyat hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan Oybek Erkinovich Xo‘jayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Viloyat hokimligida o‘tkazilgan tadbirda Oybek Erkinovichga viloyatda olib borgan samarali faoliyati uchun minnatdorlik bildirildi.
Oybek Alibekovich 1980 yilda Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan bo‘lib, ushbu tayinlovga qadar “O‘zsanoateksport” AJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat olib borgan.
LiveBarchasi