Turdimov joyida turadimi? Izoh berildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimini tark etayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat hokimining matbuot kotibi Manuchehr Mirzayev mazkur xabarga munosabat bildirdi. 

Ma’lum qilinishicha,  Erkinjon Turdimovning boshqa ishga o‘tayotgani haqida tarqalgan xabarlar asossiz va viloyat rahbari o‘z faoliyatini odatiy rejimda davom ettirmoqda.

“Ijtimoiy tarmoqlardagi kanal va sahifalardan bunday asoslanmagan axborotni tarqatmaslik so‘raladi. Viloyat rahbari o‘z faoliyatini odatiy rejimda davom ettirmoqda. Keng jamoatchilikdan hech qanday asosga ega bo‘lmagan, turli taxmin va talqinlardan iborat xabarlarga ishonmaslikni so‘raymiz”, deyiladi munosabatda.

Ma’lumot uchun, Erkinjon Turdimov 2018 yilning iyul oyida Samarqand viloyati hokimi etib tayinlangan. Tayinlovga qadar u Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan. Ungacha esa 1991 yildan 1995 yilgacha “O‘zsanoatqurilishbank”ning hududiy bo‘limlarida faoliyat ko‘rsatgan. 

Turdimov 1995-1996 yillarda Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari, 1996 yildan 2000 yilgacha Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Navoiy bo‘limida boshqaruvchi vazifasida ishlagan. 2000 yildan 2008 yilgacha esa Xatirchi tumani hokimi bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlarning joylardagi ijrosi, aholi hayoti bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga tashrif buyurishi haqida xabar berilgan edi. Tashrif davomida ta’lim maskanlaridagi sharoitlar, yangi inshootlar, sanoat korxonalari va xizmat ko‘rsatish loyihalari ko‘zdan kechirilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Erkinjon Turdimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing