Samarqand va Jizzaxda bojxona boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 20 sentyabridagi farmoyishi bilan Jizzax va Samarqand viloyatlari bojxona boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi.

Farmoyishiga asosan bojxona xizmati podpolkovnigi Qahramon Akbarovich Umarov Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar Qahramon Umarov Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida xizmat olib borgan.

Shuningdek, bojxona xizmati polkovnigi Doniyor Tavakkaljonovich Yusupov Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar Doniyor Yusupov Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona tayinlov

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing