Samarqand va Panjikentni bog‘lovchi temir yo‘l qaysi mablag‘ evaziga qurilishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
16 iyul 2021
5161Avvalroq Tojikistonning Panjikent va O‘zbekistonning Samarqand shaharlarini temir yo‘llar bilan bog‘lash imkoniyatlari ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar bergandik.
Endilikda ushbu loyiha qaysi mablag‘ evaziga amalga oshirilishi ma’lum bo‘ldi. Ikki davlatni bog‘lovchi Samarqand–Panjikent temir yo‘li tojikistonlik va o‘zbekistonlik tadbirkorlar mablag‘i hisobiga quriladi. Bu haqda Tojikiston Transport vaziri Aziz Ibrohim jurnalistlar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, temir yo‘l qurish masalasi Dushanbe va Toshkentda o‘tkazilgan hukumatlararo komissiya yig‘ilishlarida muhokama qilingan.
Aziz Ibrohimning so‘zlariga ko‘ra, loyiha qurilishi yuklar va yo‘lovchilar qatnovini oshiradi va turizm rivojiga hissa qo‘shadi. Hozirda ishchi guruh loyihani joriy qilish bo‘yicha ish olib bormoqda.
LiveBarchasi