Samarqand shahridagi barcha maktab va bog‘chalar karantinga yopiladi

Jamiyat

image

Avvalroq Samarqanddagi 35 ta maktabda koronavirus aniqlangani haqida xabar bergan edik. Joriy yilning 27 aprelidan Samarqand shahridagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari 14 kunlik karantinga yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, infeksiyani yuqtirib olish ko‘rsatkichi keyingi kunlarda bir necha barobar oshib borayotgani bois, shahar hokimligi huzuridagi epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasining qarori tasdiqlangan. Unga ko‘ra, shahardagi barcha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida 14 kunlik karantin joriy etilgan.

Shu sababli o‘quvchilarga erta, 27 apreldan boshlab onlayn ta’lim berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 

Hokimlik xabariga ko‘ra, muassasalarga kirib-chiquvchilar orasida karantin davrida koronavirusni yuqtirib olish holatlari kuzatilmasa, ta’lim berish tizimi an’anaviy yo‘lga qo‘yiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

186

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing