Samarqand shahar hokimligi yomg‘irdan keyingi “Venetsiya” uchun uzr so‘radi

Jamiyat

Avvalroq, kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida Samarqand shahrining ko‘plab ariqlarida suv to‘planib qolib, yo‘llarga chiqib ketgani va bu transport vositalari hamda piyodalar harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirgani haqida xabar bergan edik.

Shaharning bu holati aholi noroziligiga sabab bo‘ldi. Mazkur holat aks etgan video va suratlar ham bugun ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Samarqand shahar hokimligi ushbu noqulaylik uchun shahar aholisi va mehmonlardan uzr so‘rab, hokimiyat huzurida tezkor shtab tashkil etilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Zarnews” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayni paytda shaharning Buyuk ipak yo‘li, Dahbet va Registon ko‘chalari chorrahasida sohaviy xizmatlar xodimlari tomonidan suv yo‘llarini ochish ishlari olib borilyapti.

Shuningdek, shaharning boshqa ko‘chalarida ham suv toshqinlarining oldini olish va ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar shahar hokimining nazoratida ekanligi va aholida bu borada murojaatlar bo‘lsa hokimning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari yoki telefonlari orqali murojaat qilishi mumkinligi ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand suv toshqini

Baholaganlar

50

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing