Samarqand ko‘chalarida suv toshqinlari kuzatilyapti

Jamiyat

image

Bugun, 29 mart kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida Samarqand shahrining qator ko‘chalarida suv toshqinlari kuzatildi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar berdi.

29 mart kuni soat 04:00 da boshlangan surunkali yomg‘ir yog‘ishi natijasida, Samarqand shahrining “Buyuk Ipak yo‘li”,  “Afrosiyob”,  “Mahmud Qoshg‘ariy”, “Mir Said Baraka”, “Obi Rahmat”, “Muqimiy”, “O‘zbekiston”, “Amir Temur”, “Konimex”, “Mulyon-Sochaki bolo” chorrahasidagi ko‘chalariga ariqlardan suv toshib chiqishi holatlari kuzatildi.

Bundan tashqari,  “Zarafshon” MFYdagi 8-uy, “Jomiy” ko‘chasidagi 48-uy, “Mahmud Qoshg‘ariy” ko‘chasidagi 16-uy, 18 B-uy, 20-uy, “Mir Said Baraka” ko‘chasidagi 73-uy, “Obi Rahmat” ko‘chasidagi 4-uy, “Muqimiy” ko‘chasidagi 31-uy, “Konimex” ko‘chasidagi 39-uylarning hovlilariga oqava suvlari kirish holatlari qayd etilgan.

Yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish tadbirlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Yong‘in xavfsizligi boshqarmalari, shuningdek, Samarqand shahar hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, viloyat “Suvoqava” DUKning shaxsiy tarkibi va maxsus texnika vositalari jalb etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand suv toshqini

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing