Samarqand xalqaro aeroporti vaqtincha yopildi

Jamiyat

image

Bugun, 5 dekabr mahalliy vaqt bilan ertalab soat 4:20 dan ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli Samarqand xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilish va jo‘natish uchun vaqtinchalik cheklov joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports Matbuot xizmati xabar berdi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘rish masofasi 1000 metrgacha bo‘lib, qor yog‘moqda. Havo harorati -5 darajani tashkil etadi. Ishqalanish koyeffitsiyenti esa 0,28 ga teng.

Ma’lum qilinishicha, “Aeroflot”ning Moskva-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha SU-1874 reysi va Istanbul-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha “Turk havo yo‘llari”ning TK-372 reysi Toshkentdagi muqobil aeroportga yo‘naltirilgan.

Xabarda keltirilishicha, ob-havo sharoitidan kelib chiqib, samolyotlarni qabul qilish va jo‘natish bo‘yicha cheklovlarni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 gacha uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

“Hozirda ayeroportning yerda xizmat ko‘rsatish xodimlari barcha zarur choralarni ko‘rmoqda – bir necha soat davomida uchish-qo‘nish yo‘lagi va yurish yo‘laklarini maxsus texnika va kimyoviy vositalar yordamida tozalash ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Sohiba Komilovna 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing