Samarqand aeroporti yana yopiladi

Olam

image

Texnik sabablarga ko‘ra, 8 noyabr soat 00.01 dan 12 noyabr 00.01 ga qadar Samarqand xalqaro aeroporti yopiladi.

Bu haqda, AviaAlertsUZ telegram kanalida ma’lum qilindi.

Bunga, 11 noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining sammiti bo‘lib o‘tishi sabab qilib ko‘rsatilgan. 

Tashkilotga a’zo mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlarining uchrashuvi arafasida iqtisodiyot va tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston a’zo. Shuningdek, Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi maqomiga ega.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand xalqaro eroporti  bundan avvalroq ham 14-16 sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan tijorat yo‘lovchi va yuk qatnovlari uchun yopilgan edi.

Shahboz Abdusattorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

442

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing