Samarqandda 5 yashar bola tok urishidan vafot etdi
3-sahifa
−
20 may
6028Samarqand viloyati Nurobod tumanida 5 yashar bola tok urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 16 may kuni Samarqand viloyati Nurobod tumanida yashovchi, 2019 yilda tug‘ilgan R.M. (o‘g‘il bola) tok urishi oqibatida vafot etgan. Tuman prokuraturasi tomonidan tuzilgan tezkor-tergov guruhi hodisa joyiga chiqib holat o‘rganilganda “Omondara” MFY, Chunqaymish qishlog‘i hududidagi tepalikdan o‘tgan elektr simini voyaga yetmagan R.M. ushlashi oqibatida elektr toki urib, voqea joyida vafot etganligi aniqlangan.
Tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, R.M.ning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Shuningdek, holat yuzasidan “Samarqand viloyat hududiy elektr tarmoqlari” AJga xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Hozirda Nurobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.