Samarqand hokimi Erkinjon Turdimovning sog‘ligi yomonlashdimi?

Jamiyat

image

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning sog‘ligi yomonlashgani, uning mikroinsult boshdan kechirgani to‘g‘risida taxminlar tarqalmoqda. Bunga uning bir necha kundan buyon xalq orasida ko‘rinish bermayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Samarqand viloyati Axborot xizmati rahbari Manuchehr Mirzayev bilan bog‘landi.

Unga ko‘ra, Erkinjon Turdimov bir nechta rejadagi ishlar bilan Toshkentga borishi kerak bo‘lgan, hozir esa, hokim bilan bog‘lanib bo‘lmayapti.

“Hozir men ishdan ta’til olganman. Lekin 9 yanvar, shanba kuni ham viloyat hokimining ahvoli yaxshi edi. Hatto, yakshanba kuni ham Bulung‘urda yurgan edi. Undan keyin, Erkinjon Turdimov bir nechta rejadagi ishlar bilan Toshkentga borishi kerak edi. Hozir esa, telefonni ko‘tarmayapti, bog‘lana olmayapman. Lekin bu – havodagi gap. Bu bo‘yicha hech qanday rasmiy xabar yo‘q”, deydi hokimlik Axborot xizmati rahbari.

Ayrim manbalar esa, viloyat hokimi Toshkentda davolanayotganini ma’lum qilmoqda.

Keyinchalik, Samarqand viloyati hokimligi Axborot xizmati Turdimovning davolanishda ekanini ma’lum qildi.

“Ayni paytda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sog‘ligini tiklash maqsadida qisqa muddatli davolanish ta’tilida ekanligini ma’lum qilamiz”, deyiladi hokimlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Turdimov

Baholaganlar

1771

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar