Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
28 noyabr
25771Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni qabul qilindi.
Turdimovning hokim lavozimidan ozod qilinishi uning boshqa ishga o‘tishi bilan izohlangan. Biroq oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda u sog‘lig‘idagi muammolar sabab ishdan ketayotgani xabar qilingandi. Hokimning matbuot kotibi Manuchehr Mirzayev esa QALAMPIR.UZ bilan suhbatda Turdimovning sog‘lig‘i bilan muammolar hokimlik vazifasini bajarishiga to‘sqinlik qilmasligini aytgandi.
Ma’lumot uchun, Erkinjon Turdimov 1969 yil 10 iyulda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. U 2018 yildan Samarqand viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.