Samarqadda erkakka video bilan shantaj qilgan ona va uning 16 yashar qizi ushlandi

3-sahifa

image

Samarqandda fuqaroni unga tegishli bo‘lgan videotasvirni tarqatib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, undan 2 000 AQSH dollari talab qilib kelgan 43 yoshli ayol hamda uning 16 yashar qizi ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning fevral oyi o‘rtalarida 43 yoshli A.D. 16 yoshli qizi A.S. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, ularda 29 yoshli B.G.ga tegishli videolavhalar mavjud ekanligini aytib, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitib kelgan. Ona-bola ushbu ma’lumotlarni oshkor qilmaslik evaziga B.G.dan 2000 AQSH dollar pul talab qilishgan. 

Joriy yilning 21 fevral kuni esa soat 18:30 larda A.S. B.G.dan talab qilingan 2 000 AQSH dollaridan 650 dollarini olayotgan vaqtida ushlangan hamda pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.D. hamda A.S.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular gumon qilinuvchi tariqasida jinoyat ishiga ishtirok etishga jalb qilinganlar.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Ta’kidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs sud tomonidan 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

450

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing